Bugun 31 may, 2025 yil, shanba

КИР

Ertaga, 8 mart kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Ertaga, 8 mart kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 8 mart kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-5, kunduzi 10-12 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi, bu kuchayish Navoiy viloyatining ba’zi tumanlarida 25-30 metrgacha tezlashishi mumkin. Kechasi 1-6, kunduzi 11-16 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent viloyatida havo o‘zgarib turadi, kunning birinchi yarmida ayrim tumanlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 1-6, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi, bu kuchayish Jizzax viloyatining ba’zi tumanlarida 25-30 metrgacha tezlashishi mumkin. Kechasi 1-6, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-8, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kunning birinchi yarmida ayrim tumanlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 2-7, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik bo‘lib (yomg‘ir, qor), tuman tushishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi kutilmoqda. Kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi, 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Muhim hodisalar

7-8 mart kunlari respublikamizning ba’zi joylarida shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi, bu kuchayish Navoiy va Jizzax viloyatlarining ayrim tumanlarida 25-30 metrgacha tezlashishi kutilmoqda.

7 mart kuni va 8 martga o‘tar kechasi respublikamiz bo‘ylab yomg‘ir yog‘adi. Tog‘oldi va tog‘li tumanlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatiladi, ayrim joylarda kuchli bo‘ladi.

Kunduzi harorat 7-10 daraja illiqqacha pasayadi.

7-11 mart kunlari respublikamizning tog‘li tumanlarida qor ko‘chishi xavfi bor.

Kiritildi: 13:45 07.03.2025. O'qildi: 3417 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!