Qozog‘iston BRIKSdan voz kechdi.
Qozog‘iston BRIKSga qo‘shilish niyatida emasligi haqida respublika prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Al Jazeera telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Uning aytishicha, bu qaror "pragmatik" mulohazalarga asoslangan bo‘lib, tashkilot hamkori maqomini yetarli deb hisoblaydi.
To‘qayev to‘laqonli a’zolikning foydaliligiga e’tibor qaratib, BRIKSning "na ustavi, na kotibiyati, na dasturi mavjudligini" ta’kidladi.
"BRIKS xalqaro tashkilot sifatida qanchalik samarali bo‘lishini ko‘ramiz. Hozircha Qozog‘iston kuzatuvchi maqomida qoladi, keyingi vaziyatni vaqt ko‘rsatadi," - deya xulosa qildi u.
Qozog‘iston 2025 yil 1 yanvardan boshlab BRIKSning hamkoriga aylandi. Tashkilot 2006 yilda tashkil topgan bo‘lib, hozirda unga Rossiya, Braziliya, Hindiston, Xitoy, Janubiy Afrika Respublikasi, Birlashgan Arab Amirliklari, Eron, Misr, Efiopiya va Indoneziya a’zo hisoblanadi. Fevral oyidan boshlab BRIKS yangi a’zolar qabulini to‘xtatib qo‘ydi va buni ishtirokchilar sonining ko‘payishi natijasida yuzaga kelgan "institutsional muammolar" bilan izohladi.