AQSh prezidenti Donald Tramp Ilon Mask uning ma’muriyatini butunlay tark etmasligini ma’lum qildi.
"DOGE xodimlarining aksariyati qolmoqda. Ilon ham yonimizda qoladi <...>, u kelib-ketib turadi," - dedi Tramp Oq uyda xususiy sektorga qaytayotgan AQSh hukumati samaradorligini oshirish bo‘yicha idora (DOGE) rahbari Mask bilan birga o‘tkazilgan matbuot anjumanida.
Shuningdek, Trampning fikricha, Mask uning ma’muriyatiga hali ham foyda keltiradi. Prezident unga qilgan ishlari uchun minnatdorchilik bildirdi. Tramp, shuningdek, amerikaliklarga Maskning DOGE rahbari sifatidagi faoliyati natijalarini "bir yoki ikki yil ichida" ko‘rishlariga ishonch bildirdi.
"Men bu yerga [Vashingtonga] kelib turishni davom ettiraman va prezidentning do‘sti hamda maslahatchisi bo‘laman," - dedi Mask. U, shuningdek, DOGE faoliyati tufayli AQSh byudjeti yaqin kelajakda qariyb 200 milliard dollar tejashga erishishini ta’kidladi.
Bundan tashqari, Tramp Maskka maxsus davlat xizmatchisi sifatidagi xizmatlari uchun sovg‘a tariqasida Oq uyning oltin kalitini topshirdi.