Liberiya prezidenti Djozef Boakay bortida bo‘lgan samolyot Roberts xalqaro aeroportiga qo‘nayotganda qulab tushishiga oz qoldi.
Bu haqda Front Page Africa xabar bermoqda.
"Prezident Jozef Boakay va uning hamrohlari bo‘lgan samolyot Roberts xalqaro aeroportiga qo‘nayotganda halokatga uchrashiga sal qoldi", — deyiladi nashrda.
Nashrning yozishicha, samolyot shinasi yorilib ketgan. Nashr qayd etganidek, hech kim jabrlanmagan.