Bugun 28 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekiston musulmonlari idorasi domla Rabbimqul Muhammadiyevning Madinada vafotiga munosabat bildirdi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi domla Rabbimqul Muhammadiyevning Madinada vafotiga munosabat bildirdi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi ko‘p yillar mobaynida imom-xatib sifatida samarali faoliyat yuritgan, Toshkent shahridagi "Rakat" jome masjidi imom-xatibi Rabbimqul domla Muhammadiyevning vafoti munosabati bilan marhumning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildiradi.

🕌 Rabbimqul domla 1997 yildan buyon imom-xatib lavozimida faoliyat yuritib kelgan. Bu yillar davomida Toshkent shahridagi “Oq tunukali”, “Ibrohim ota”, “Imom Termiziy” hamda “Rakat” jome masjidlarida xizmat olib bordilar.

🕋 Ayni kunlarda bu yilgi hojilar xizmatiga bel bog‘lab, Haj-2025 mavsumida guruh rahbari sifatida safarbar etilgan edilar.

🗣Ta’kidlash zarurki, ayrim ijtimoiy tarmoq yurituvchilari domlaning vafotini turlicha talqin qilishga urinishi holatlari kuzatilmoqda.

⏺ Ma’lumot o‘rnida, 2025 yil 23 may kuni Rabbimqul domla Muhammadiyev “Toshkent-Madina” yo‘nalishida poytaxtning 38-guruh ziyoratchilari guruh rahbari sifatida yo‘lga chiqqan edi.

⏺ Shu kuni, safarga chiqishlari bilan domla parvoz davomida uyquga ketgan va shu holatda uyg‘onmagan. Bemor Madina xalqaro aeroporti shifokorlari tomonidan ko‘rilganda ahvoli o‘ta og‘ir, behush, savollarga javob bermagan. Shundan so‘ng Madina shahridagi "Muovasat" klinikasiga joylashtirilgan. Shifokorlar tomonidan bosh miya qon aylanishi o‘tkir buzilishi, miya o‘zagi strukturalari o‘zgarishlari, bosh miya shishishi tashxisi qo‘yilgan.

⏺ Malakali shifokorlar tomonidan og‘ir holatdagi bemor neyroxirurg ko‘rigidan so‘ng bosh miya shishini kamaytirish maqsadida 2025 yil 24 may kuni operasiya o‘tkazildi.

⏺ Shundan keyin ham bemorning ahvoli og‘irligicha saqlanib, 2025 yil 26 may kuni erta tongda vafot etdi.

📍Bugun, peshin namozidan keyin Madinai Munavvaradagi Masjidu Nabaviyda janoza namozi o‘qilishi va "Baqi’" qabristoniga dafn etilishi rejalashtirilgan.

🤲 Alloh taolo marhum olimni O‘z mag‘firatiga olsin, iymonlarini salomat qilsin, solih amallarini o‘zlariga hamroh etsin. Din rivoji, xalq ma’rifati va Vatan ravnaqi yo‘lida qilgan barcha xizmatlarini Alloh qabul aylasin!

🤲 Haq taolo marhum olimning ahli oilasi, farzandu arjumandlari, safdoshlari, shogirdlari va yaqinlariga chiroyli sabr berib, bu musibatlarini yaxshiliklar ila to‘ldirsin.

Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji’uun, deyiladi xabarda.

Kiritildi: 13:36 26.05.2025. O'qildi: 1828 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!