UzAuto Motors kompaniyasi 29 may kuni soat 14:40 da Shevrolet Malibu XL avtomobili uchun kontraktasiya qayta boshlanganini ma’lum qildi.
Kompaniya bugundan boshlab har bir mijoz avtomobilni o‘ziga yoqqan rangda, kerakli modifikasiyasida tanlash imkoniga egaligini xabar qildi.
Lekin oradan bir soat ham o‘tmay, soat 15:22 da barcha shartnomalar yakunlangani ma’lum qilindi. Rasmiy xabarda nechta shartnoma tuzilgani ochiqlanmagan.
Qayd etish lozim, soat 14:58 holatida ham, Uzavtosavdo.uz saytida Malibu XL avtomobili uchun shartnoma olish imkoniyati bo‘lmagan.
Ma’lumot uchun, UzAuto Motors Malibu sotuvini aprel oy boshida to‘xtatgandi.