Bugun 1 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Sud Putinni Gitler bilan taqqoslashni taqiqladi

Sud Putinni Gitler bilan taqqoslashni taqiqladi

Omsk shahrining Kirov tuman sudi Rossiya prezidenti Vladimir Putinni Adolf Gitlerga o‘xshatgan tasvirlar joylangan saytning 12 ta sahifasini mamlakatda taqiqlangan deb e’lon qildi.

Taqiq ostiga Putinga fyurerning mo‘ylovi va soch turmagi fotomontaj qilingan suratlar tushdi. Shuningdek, sud "Putler kaput" yozuvlarini ham taqiqladi. "Verstka" nashrining e’tibor berishicha, bunday yozuvlar, xususan, norozilik namoyishlari kadrlarida uchraydi.

Jumladan, sud bloger Ilya Varlamovning "Putler, qo‘rg‘oshin bilan mehmon qilishlaridan oldin zahar ich" degan yozuvli plakatni ushlab turgan ayolning fotosuratini taqiqladi. Bundan tashqari, Pavel Derevyanko ishtirokidagi "Gitler kaput!" filmidan olingan kadrlar ham cheklovlar ostiga tushdi.

Taqiqlangan ro‘yxatga «Stixi.ru» saytidagi Putinning surati joylashtirilgan sahifa ham kiritildi. "Rossiyani sharmandalikdan qanday qutqarish mumkin" deb yozilgan tasvirda u boshiga to‘pponcha tirab turibdi. Shuningdek, «Krokodil» jurnali muqovasi uslubida ishlangan rasm e’lon qilingan LiveJournal sahifasi ham taqiqlandi.

Kiritildi: 20:43 30.05.2025. O'qildi: 1126 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!