Sepahan Airlines aviakompaniyasining Boeing 737 yo‘lovchi samolyoti qo‘nish moslamasi va dvigateldagi nosozliklar tufayli Mashhadga favqulodda qo‘ndi.
Eron davlat teleradiokompaniya xabar berishicha, Mashhaddan Kermanshohga uchayotgan samolyot orqaga qaytishga majbur bo‘lgan.
Hodisa tufayli Mashhad aeroportidagi uchish-qo‘nish yo‘laklaridan biri yopilgan.
Al Arabiya telekanali e’lon qilgan videoda turbulentlik parvoz paytida salondagi yuk tashuvchi tokchalarning qulashiga, chamadonlar va shaxsiy buyumlarning yo‘lovchilar ustiga tushishiga sabab bo‘lgani ko‘rsatilgan. Kanal ma’lumotlariga ko‘ra, hodisada hech kim jabrlanmagan.