Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu Eronga qarshi harbiy harakatlarni oqlar ekan, buni «tanadan saratonni olib tashlash»ga qiyosladi.
«Eronga hujum qilish xuddi tanangizdan saratonni olib tashlash kabidir. Agar saratonni olib tashlamasangiz, o‘lasiz», — dedi Netanyahu.
Isroil bosh vazirining ushbu bayonoti Tel-Aviv va Tehron o‘rtasidagi keskinlik saqlanib qolayotgan bir paytda yangradi.