Bugun 17 mart, 2026 yil, seshanba

КИР

Eronga aloqador xakerlar AQShga yirik kiberhujum uyushtirdi

Eronga aloqador xakerlar AQShga yirik kiberhujum uyushtirdi

The Wall Street Journal nashrining xabar berishicha, Eronga aloqador deb hisoblangan xakerlar AQShda yirik kiberhujum uyushtirgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hujum nishoni tibbiy uskunalar ishlab chiqaruvchi Stryker Corporation kompaniyasi bo‘lgan.

Aytilishicha, xakerlar kompaniya qurilmalariga masofadan kirish imkoniyatiga ega bo‘lgan. Ular o‘n minglab tibbiy uskunalardagi ma’lumotlarni o‘chirib yuborishi mumkinligi ham qayd etilmoqda.

Hozircha hodisa oqibatlari va zarar ko‘lami bo‘yicha qo‘shimcha tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 22:24 16.03.2026. O'qildi: 498 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!