Tehron viloyatining Islomshahr shahrida Eronda erkak 18 yoshli qizi go‘zallik salonida ishlayotganidan xabar topib, uni o‘ldirdi. Bu haqda IranWire nashri xabar qildi.
Qayd etilishicha, qiz otasining unga va onasiga nisbatan zo‘ravonliklari tufayli o‘zi alohida mustaqil yashagan. Ota Instagram orqali qizi go‘zallik salonida ishlayotganidan xabar topib, unga mijoz sifatida qo‘ng‘iroq ilgan va ish joyining manzilini aniqlagan.
Ota salonga kelib, tashqarida kutb turganini bilgan qiz onasiga qo‘ng‘iroq qilib, maslahat so‘ragan.
Ayollar huquqlari faoli Pardis Rabiyining ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, guvohlar otaning salonga pichoq bilan kirib, xodimlari va mijozlari oldida qiziga bir necha marta pichoq urganini ko‘rgan. U sochidan ushlab qizning boshini kesishga uringan, biroq atrofdagi insonlar qichqirganidan keyin qochib ketgan.
Erkak xotiniga qo‘ng‘iroq qilib, "Men seni bu qayg‘u bilan qoldirdim", degan.
Jinoyatchi hibsga olin, unga nisbatan jinoyat ishi ochilgan.
Etemad gazetasiga ko‘ra, o‘tgan yilning mart-sentyabr oylari orasida 78 nafar ayol o‘z qarindoshlari yoki oila a’zolari tomonidan o‘ldirilgan. “Sharq” gazetasining xabar berishicha, 2021-2023 yillarda oilaning erkak a’zolari kamida 165 ayolni o‘ldirgan.