Amerika administrasiyasi Eron AQShning rasmiy vakillariga, jumladan, Yaqin Sharq mamlakatlaridagi elchilarga hujum qilishga tayyorgarlikning ilg‘or bosqichida bo‘lishi mumkinligidan xavotirda. Bu haqda The New York Times xabar bermoqda. Gazeta ma’lumotlariga ko‘ra, ehtimoliy rejalar Islom inqilobi muhofizlari korpusining (IIMK) «840-bo‘linmasi» bilan bog‘lanmoqda.
NYT manbalarining ta’kidlashicha, xorijdagi va AQSh hududidagi Amerika diplomatlari ehtimoliy nishonga aylanishi mumkin. Nashr suhbatlashgan Eron rasmiylari ehtimoliy nishonlar orasida Amerika diplomatlari borligini tasdiqlab, ularni «qonuniy nishonlar» deb atashgan.
Gazeta ma’lumotlariga ko‘ra, ehtimoliy hujumlarga tayyorgarlik AQSh va Isroilning Eronga yangi yirik zarbalar berish niyati haqidagi xabarlar bilan bog‘liq. Eron rasmiylaridan biri Tehronning «qizil chiziqlarsiz» to‘satdan zarbalar berishga tayyorligi haqida oshkora ogohlantirdi.