Bugun 25 oktyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Barselonada namoyishlar tartibsizliklarga aylanib ketdi

Barselonada namoyishlar tartibsizliklarga aylanib ketdi

Ispaniyaning Barselona shahrida o‘tkazilayotgan norozilik namoyishlari ommaviy tartibsizliklar va polisiya bilan to‘qnashuvlarga aylanib ketdi.

El Mundo nashrining xabar berishicha, yuzlarini kapyushon bilan berkitgan yoshlar axlat konteynerlari va ko‘chada turgan motosikllardan barrikadalar qurib, ularga o‘t qo‘ygan.

Huquq-tartibot idoralari xodimlari namoyishchilarni tarqatishga uringan. Biroq tartibsizlik ishtirokchilari polisiyachilarga qarata tosh ota boshlagan.

Hozircha jabrlanganlar va qo‘lga olinganlar haqida ma’lumot berilmagan.

Kiritildi: Bugun 08:54. O'qildi: 323 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!