Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

Eron yadro quroli o‘rniga "yadro qurolidan kuchsiz bo‘lmagan boshqa qurol"ni topdi

Eron yadro quroli o‘rniga "yadro qurolidan kuchsiz bo‘lmagan boshqa qurol"ni topdi

Eron yadro quroli o‘rniga "yadro qurolidan kuchsiz bo‘lmagan boshqa qurol", ya’ni Ho‘rmuz bo‘g‘ozini topdi, deya fikr bildirdi Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev.

"Barcha gap-so‘zlar aynan shu atrofda ketmoqda, bu bo‘g‘oz kelgusida qanday ishlashi bo‘yicha kelishuvlarga erishilmoqda", — dedi Medvedev Eron oliy rahbari Ali Xominaiy bilan vidolashuv marosimida qatnashish uchun Tehronga qilgan tashrifi yakunlari bo‘yicha jurnalistlarga.

U, shuningdek, Eron rasmiylarida "termoyadro quroli" — Bobul-Mandab bo‘g‘ozi ham borligidan ogohlantirdi. Medvedevning so‘zlariga ko‘ra, agar u yopiladigan bo‘lsa, barcha neft tashish va boshqa yuk tashish yo‘llari "qulflanib qoladi" va Yaqin Sharq mintaqasida mojaroga intilgan barcha davlatlar buni yodda tutishi kerak.

Kiritildi: 12:13 05.07.2026. O'qildi: 10357 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!