Bugun 22 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Eron yadro ob’ektlaridagi ehtimoliy halokatning O‘zbekistonga ta’siri bormi?

Eron yadro ob’ektlaridagi ehtimoliy halokatning O‘zbekistonga ta’siri bormi?

Eron va Isroil o‘rtasidagi keskinliklarning ortishi fonida kun tartibiga Eronning yadroviy ob’ektlari, jumladan, uran kon zaxiralaridagi ehtimoliy halokatlarning O‘zbekistonga ham ta’sir bo‘ladimi, degan savol qo‘yilmoqda.

Gidrometeorologik olim Erkin Abdulahatovning yozishicha, radioaktiv nurlanish faollashsa, buning O‘zbekistonga ta’siri seziladi.

«Bordiyu radioaktiv nurlanish faollashsa, muayyan ob-havo sharoitlarida ana o‘sha hududlardagi radioaktiv nur bizning O‘zbekistonga kirib kelishi mumkin. Bu, O‘zbekistonga kirib keluvchi va rivojlanuvchi 15 sinoptik jarayonning 2-3 tasida ro‘y beradi», – deb yozadi mutaxassis.

Abdulahatov bu jarayonlar yozgi termik depressiya va past bosimli kichik gradiyentli atmosferasi sohasi jarayonlari ekanligini aytadi. Shuningdek, bu ikki jarayon yoz oylarida mintaqada hukumron jarayonlar ekani vajidan hozirgi sharoitda Eron hududlaridagi oqimlarni Markaziy Osiyo mintaqasiga to‘siqlarsiz bemalol kirib kelishi ehtimolini oshirishini ta’kidlaydi.

Kiritildi: 17:01 21.06.2025. O'qildi: 1714 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!