Bugun 22 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Eron yadro obektlaridagi ehtimoliy halokatning O‘zbekistonga ham ta’siri bor!

Eron yadro obektlaridagi ehtimoliy halokatning O‘zbekistonga ham ta’siri bor!

Menga 'Eron—Isroil' o‘rtasidagi keskinliklar, bo‘lib ham "Isroil tomondan Eronning yadroviy ob’ektlari, uran kon zaxiralariga raketa zarbalari fonida o‘sha ob’ektlarda qandaydir radioaktiv katastrofalar bizning O‘zbekistonga ham ta’sir etadimi?" degan savollar kelib tushmoqda.

“Ha, ta’sir bor. Bordiyu radioaktiv nurlanish faollashsa, muayyan ob—havo sharoitlarida ana o‘sha hududlardagi radioaktiv nur bizning O‘zbekistonga kirib kelishi mumkin. Bu, O‘zbekistonga kirib keluvchi va rivojlanuvchi 15 sinoptik jarayonning 2—3 tasida ro‘y beradi” deydi iqlimshunos olim Erkin Abdulahatov.

Ushbu jarayonlar 11 va 13-tur sinoptik jarayonlari deyiladi. Bu ikki jarayon yoz oylarida bizni mintaqada hukumron jarayonlar ekani inobatga olinsa, hozirgi sharoitda Eron hududlaridagi oqimlarning bizning mintaqaga to‘siqlarsiz bemalol kirib kelishini taxmin qilish mumkin.

Bekorga xalq orasida yoz oylaridagi issiqliklar "bizga Turkmaniston orqali Eron hududlaridan kirib keladi" degan gap ommalashmagan.

Kiritildi: Bugun 11:47. O'qildi: 1968 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!