1️⃣ Eron muzokaralar olib borayotgan vaqtda Amerika va Isroil tajovuziga duch keldi. Islom inqilobining fidoyi rahbari, harbiy qo‘mondonlar va tinch aholi o‘ldirildi.
2️⃣ Bilasizki, ayrim siyosiy qo‘llab-quvvatlashdan tashqari, birorta ham islom davlati Eron xalqiga yordam bermadi. Shunga qaramay, Eron xalqi qat’iy iroda bilan yovuz dushmanni bostirdi. Bugun dushman boshi berk ko‘chadan qanday chiqishni bilmayapti.
3️⃣ Eron AQSh va Isroilga qarshilik ko‘rsatishda davom etmoqda. Lekin Islom davlatlarining xatti-harakatlari Payg‘ambarimizning "Agar siz musulmonning chaqirig‘iga javob bermasangiz, siz musulmon emassiz" degan so‘zlariga zid emasmi? Bu qanday Islom?!
4️⃣ Ba’zi davlatlar bundan ham nariga o‘tib, Eronni dushman deb e’lon qilishdi. Axir sizning davlatdagi AQSh bazalaridan Eronga hujum qilinsa, Eron qo‘l qovushtirib o‘tirishi kerakmi?! Bugungi mojaroning bir tomonida AQSh va Isroil, ikkinchi tomonida musulmon Eron. Siz kimning tarafidasiz?
5️⃣ Islom dunyosining kelajagi haqida o‘ylang. AQSh sizga sodiq emasligini va Isroil sizning dushmaningiz ekanligini bilasiz. Bir zum o‘zingiz va mintaqaning kelajagi haqida o‘ylang. Eron sizga hukmronlik qilishga intilmaydi.
6️⃣ Islom ummatining birligi barcha mamlakatlarning xavfsizligi, rivojlanishi va mustaqilligini to‘liq ta’minlay oladi.