Amerikaning tibbiy uskunalar ishlab chiqaruvchi Stryker kompaniyasi keng ko‘lamli kiberhujumga uchradi. Bu haqda The Wall Street Journal gazetasi yozmoqda.
«Eron, ehtimol, urush davri tarixidagi AQShga qarshi eng yirik kiberhujumni amalga oshirdi va o‘z xakerlik imkoniyatlaridan global tibbiy uskunalar ishlab chiqaruvchi kompaniya faoliyatida jiddiy uzilishlarni keltirib chiqarish uchun foydalandi», — deyiladi maqolada.