Eron mudofaa vaziri o‘rinbosari Reza Taley-Nik Islom Respublikasi o‘zining mudofaa salohiyatini “mustaqil davlatlar”, xususan, Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) a’zolari bilan baham ko‘rishga tayyorligini e’lon qildi.
Reza Taley-Nik bu haqda Bishkekda SHHT mudofaa vazirlari yig‘ilishida so‘zlagan nutqida aytgan.
“Biz o‘z tajribamizni tashkilotning boshqa a’zolari bilan baham ko‘rishga tayyormiz”, dedi u.
Agentlikning ta’kidlashicha, Eron 28 fevraldan beri harbiy operasiyalar olib bormoqda, AQSh harbiy bazalariga dron va raketa hujumlarini amalga oshirmoqda va o‘z havo hududida AQSh samolyotlarini urib tushirmoqda.