Bugun 28 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Mersdan shov-shuvli bayonot: Ukraina YEIga kirish uchun hududiy yon berishga majbur bo‘lishi mumkin

Mersdan shov-shuvli bayonot: Ukraina YEIga kirish uchun hududiy yon berishga majbur bo‘lishi mumkin

Germaniya kansleri Fridrix Mers Ukraina Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish yo‘lida hududiy yo‘qotishlarni tan olishi mumkinligini bildirdi.

Uning ta’kidlashicha, Ukraina kelajakda Rossiya bilan sulh va tinchlik shartnomasini imzolashi kutilmoqda. Bu jarayonda ayrim hududlar Ukraina nazoratidan chiqishi ehtimoli bor.

Mersga ko‘ra, prezident Vladimir Zelenskiy bunday qarorni jamoatchilikka tushuntirishi va ehtimol referendum orqali qo‘llab-quvvatlash olishiga to‘g‘ri keladi. Shu bilan birga, u aholiga “Evropaga yo‘l ochilgani”ni taklif sifatida ko‘rsatishi lozim.

Kansler tezkor a’zolik masalasida ham ehtiyotkorlikka chaqirib, hatto 2028 yilni ham real muddat deb hisoblamasligini bildirdi. U Ukraina uchun oraliq variant sifatida YEI institutlarida kuzatuvchi maqomini taklif qildi.

Kiritildi: 22:16 27.04.2026. O'qildi: 342 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!