Ukraina dronlari Qora dengiz sohilida joylashgan Rossiyaning Tuapse neftni qayta ishlash zavodiga hujum qilishi oqibatida yong‘in chiqdi. "Rosneft" kompaniyasiga qarashli zavod va port hududidagi zarbalar natijasida dengizga neft to‘kildi hamda yong‘inni o‘chirish uchun bir necha kun vaqt ketdi.
AQSh vositachiligidagi tinchlik muzokaralari to‘xtab qolgani va Vashington bor e’tiborini Erondagi urushga qaratgani sababli, Kiyev mart oyidan boshlab Rossiya ob’ektlariga zarba berishni kuchaytirdi. Neft mahsulotlarini asosan eksport qiladigan ushbu korxona 16 apreldagi dron hujumidan so‘ng o‘z ishini to‘xtatgan edi.
Malumot uchun, Tuapse zavodining yillik ishlab chiqarish quvvati qariyb 12 million tonnani yoki kuniga 240 ming barrelni tashkil etadi. Ushbu zavodda nafta, dizel yoqilg‘isi, mazut va vakuumli gazoyl kabi mahsulotlar ishlab chiqariladi.