"Evrouchlik" (Buyuk Britaniya, Germaniya va Fransiya)ning harakatlari Eron yadroviy dasturi bilan bog‘liq inqirozni diplomatik yo‘l bilan hal qilishga qaratilgan barcha sa’y-harakatlarga putur yetkazmoqda.
Bu haqda Eron TIV bayonot berdi.
"BMT Xavfsizlik Kengashidagi uch Yevropa davlatining ilgari bekor qilingan rezolyusiyalarni tiklashga qaratilgan bugungi harakatlari noqonuniy, asossiz va provokasion bo‘lib, davom etayotgan diplomatik jarayonlarga jiddiy putur yetkazadi. Eron har qanday noqonuniy harakatlarga, jumladan, BMT Xavfsizlik Kengashi sanksiyalarini tiklashga urinishlarga munosib javob berish huquqini o‘zida saqlab qoladi", deyiladi vazirlik bayonotida.
Juma kuni ertalab BMT Xavfsizlik Kengashi Eronga qarshi 2015 yilda bekor qilingan sanksiyalarni qayta tiklash jarayoniga to‘sqinlik qiladigan rezolyusiya loyihasini rad etdi.
"Evrouchlik" Tehron hukumati oldiga uchta shart qo‘ydi: AQSh bilan muzokaralarni boshlash, yadroviy faoliyatni to‘xtatish va boyitilgan uran haqida ma’lumot berish.
Tehronga bu shartlarni bajarish uchun 30 kun muhlat berilgan. Aks holda, snapback trigger faollashtiriladi. Boshqacha aytganda, BMT Xavfsizlik Kengashining 2231-rezolyusiyasi yana kuchga kiradi.
Joriy yilning 28 avgust kuni Yevropa uchligi BMT Xavfsizlik Kengashiga snapback mexanizmini faollashtirishni so‘rab xat yubordi.