Eron Tashqi ishlar vazirligi The New York Times nashrining Tehron kimyoviy qurol qo‘llashni rejalashtirayotgani haqidagi xabarini rad etdi.
Vazirlik rasmiy vakili Ismoil Baqoiy brifingda ushbu ma’lumotlarni bema’ni deb atadi.
"Ular qayta-qayta yolg‘on gapirishga o‘rganib qolgan", — dedi Baqoiy AQShni nazarda tutib.
Eron TIV vakili nashrdagi da’volarni shu qadar asossiz deb hisoblashini, ularga izoh berishning ham hojati yo‘qligini ta’kidladi.