Bugun 4 iyun, 2026 yil, payshanba

КИР

Eron terma jamoasi futbolchilari Jahon chempionati uchun vizalarni oldi

Eron terma jamoasi futbolchilari Jahon chempionati uchun vizalarni oldi

Eron terma jamoasi futbolchilari 2026 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etish uchun vizalarini oldi.

Bu haqda Eronning Turkiyadagi elchisi Muhammad Hasan Habibullo-zoda ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, futbolchilar vizani 48 soat ichida olgan va bu jarayonda shaxsan elchixonaga borish yoki barmoq izlarini topshirish talab etilmagan.

Avvalroq Eron futbol federasiyasi prezidenti Mehdi Toj FIFA terma jamoaning mundialdagi bazasini AQShdan Meksikaga ko‘chirishni ma’qullaganini ma’lum qilgan edi.

Ma’lumot uchun, "Fors shahzodalari" Jahon chempionati guruh bosqichida Belgiya, Misr va Yangi Zelandiya terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi. Turnir 11 iyundan 19 iyulga qadar AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 23:50 03.06.2026. O'qildi: 166 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!