Bugun 18 oktyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Eron parlamenti yangi mudofaa vaziri nomzodini ma’qulladi

Eron parlamenti yangi mudofaa vaziri nomzodini ma’qulladi

Eron parlamenti Mehrdod Exlaki nomzodini mamlakat mudofaa vaziri lavozimiga ma’qulladi. Uning tayinlanishini 237 nafar deputat qo‘llab-quvvatladi.

Bu haqda Eron parlamentining ICANA axborot agentligi xabar berdi.

Qaror parlament majlisi davomida qabul qilindi. Unda deputatlar Exlakining nomzodi, kasbiy malakasi va u taqdim etgan faoliyat dasturini muhokama qilishdi.

«Bugun bo‘lib o‘tgan parlament majlisida deputatlar mudofaa vaziri lavozimiga nomzod Mehrdod Exlakining kasbiy salohiyati va u taqdim etgan ish dasturini ma’qullashdi», — deyiladi agentlik xabarida.

Ovoz berish natijalariga ko‘ra, 237 nafar parlament a’zosi Exlakining tayinlanishini qo‘llab-quvvatlagan bo‘lsa, 15 nafar deputat unga qarshi ovoz berdi.

Qayd etilishicha, ovoz berishda ishtirok etgan deputatlar orasida betaraf qolganlar bo‘lmagan.

Shu tariqa, Mehrdod Exlaki Eronning yangi mudofaa vaziri etib tasdiqlandi.

Kiritildi: Bugun 15:41. O'qildi: 202 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!