Bugun 2 mart, 2026 yil, dushanba

КИР

Eron JCH-2026da ishtirok etadi: Elchi Rizo Zabib siyosiy nizolar fonida bayonot berdi

Eron JCH-2026da ishtirok etadi: Elchi Rizo Zabib siyosiy nizolar fonida bayonot berdi

Eronning Ispaniyadagi elchisi Rizo Zabib milliy terma jamoaning JCH-2026dagi ishtiroki haqidagi savolga javob berdi.

Shanba kuni Isroil mudofaa armiyasi Eronga zarba berilganini ma’lum qildi, ushbu hujumda AQSh ham ishtirok etgan. Eron Isroilga javob zarbalarini yo‘lladi. Shuningdek, Yaqin Sharqdagi boshqa davlatlar hududidagi harbiy ob’ektlarga ham hujumlar uyushtirildi.

"Hozir juda og‘ir damlar. Biz halok bo‘lgan 100 nafar qiz bolaning xotirasiga hurmat bajo keltiramiz. O‘z hayotini qurbon qilgan begunoh bolalar doim yodimizda.

Eron Jahon chempionatiga boradi, biz u yerda bo‘lish huquqiga egamiz. Bizda hech qanday muammo yo‘q, albatta boramiz", — dedi Zabib.

JCH-2026 musobaqasi 11 iyundan 19 iyulga qadar AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: Bugun 19:41. O'qildi: 286 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!