Eron Hindiston bayrog‘i ostidagi tankerlarga Ho‘rmuz bo‘g‘ozidan o‘tishga ruxsat berdi.
Bu kelishuv ikki davlat TIV rahbarlari o‘rtasidagi muzokaralardan so‘ng erishilgan, deb yozadi RIA Novosti.
"Nyu-Dehlining Yaqin Sharq diplomatiyasi o‘z samarasini berdi. Eron Hindiston neft tankerlariga strategik ahamiyatga ega bo‘lgan Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali o‘tishga ruxsat berdi," - deyiladi India Today xabarida.
Nashr manbalariga ko‘ra, bunday kelishuvlarga tashqi ishlar vaziri Jayshankar va uning eronlik hamkasbi Abbos Arakchi o‘rtasidagi muzokaralardan so‘ng erishilgan.
"Muzokaralar G‘arbiy Osiyoda kuchayib borayotgan keskinlik fonida Hindistonning energiya ta’minoti uzluksizligini ta’minlashga qaratilgan," - deyiladi India Today xabarida.
Ayni paytda Eron manbasi bu ma’lumotni rad etdi.
NDTV telekanaliga ko‘ra, “Pushpak” va “Parimal” nomli ikki hind tankeri allaqachon bo‘g‘ozdan o‘tib bo‘lgan.