Bugun 30 iyul, 2026 yil, payshanba

КИР

Eron har qanday holatda ham AQShning Hormuzni nazorat qilishiga yo‘l qo‘ymaydi

Eron har qanday holatda ham AQShning Hormuzni nazorat qilishiga yo‘l qo‘ymaydi

Eron har qanday holatda ham Qo‘shma Shtatlarga Fors ko‘rfazi va Hormuz bo‘g‘ozi dengiz yo‘llari ustidan nazorat o‘rnatishga yo‘l qo‘ymaydi.

Bu haqda Eron tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Said Xatibzoda bayonot berdi.

U AQShning harakatlari xalqaro huquqni buzish ekanligini ta’kidladi.

"AQSh bugun BMT Nizomining asosiy tamoyillarini buzmoqda. Xalqaro huquq masxara qilinmoqda. Eron haqiqiy diplomatiyaga sodiq va kemalarning Hormuz bo‘g‘ozi orqali begunoh o‘tish tamoyillarini qo‘llab-quvvatlaydi. Ammo biz hech qanday holatda ham AQShga Fors ko‘rfazi va Hormuz bo‘g‘ozi dengiz yo‘llari ustidan nazorat o‘rnatishga yo‘l qo‘ymaymiz", deb ta’kidladi Xatibzoda.

Vazir o‘rinbosari Eron o‘zining milliy xavfsizligidan voz kechmasligini qo‘shimcha qildi.

Kiritildi: 08:50 27.07.2026. O'qildi: 786 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!