Bugun 28 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Eron bilan urushda yo‘qotilgan AQSh harbiy texnikasini almashtirish uchun 6 milliard dollardan ortiq mablag‘ talab etiladi

Eron bilan urushda yo‘qotilgan AQSh harbiy texnikasini almashtirish uchun 6 milliard dollardan ortiq mablag‘ talab etiladi

Pentagon Eron bilan mojaro davomida yo‘qotilgan harbiy texnikalar o‘rnini qoplash uchun 6 milliard dollardan ortiq mablag‘ sarflashiga to‘g‘ri keladi.

Bu haqda Reuters agentligi manbalar ma’lum qildi.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, yo‘qotilgan havo kemalari, jumladan, qimmatbaho razvedka va zarba berishga mo‘ljallangan uchuvchisiz uchish apparatlarini almashtirish ham ko‘zda tutilgan.

Avvalroq The Hill gazetasi AQShning Eronga qarshi harbiy operasiyani o‘tkazish xarajatlari 47 milliard dollarga yetgani haqida xabar bergan edi.

AQSh va Isroil 28 fevral kuni Eronga qarshi harbiy operasiyani boshlagan. Iyun oyida Vashington va Tehron barcha frontlarda, jumladan, Livanda ham harbiy harakatlarni zudlik bilan to‘xtatishni nazarda tutuvchi o‘zaro anglashuv memorandumini imzolagan.

Biroq 8 iyul kuniga o‘tar kechasi AQSh Eronni erishilgan kelishuvlarning Hurmuz bo‘g‘oziga taalluqli shartlarini buzishda ayblab, mamlakat hududiga keng ko‘lamli zarbalarni qayta boshlagan.

Hurmuz bo‘g‘ozi orqali jahon neft savdosi hajmining taxminan 25 foizi va suyultirilgan tabiiy gaz savdosining qariyb 20 foizi tashiladi.

Shundan so‘ng AQSh ma’muriyati Eronga qarshi keng ko‘lamli harbiy kuch ishlatishni to‘xtatish va mamlakatni sanksiyalar orqali iqtisodiy jihatdan zaiflashtirishga urinishga o‘tayotganini amalda bildirgan.

Kiritildi: Bugun 13:20. O'qildi: 260 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!