Eron bilan cho‘zilib ketgan mojaro va AQSh Kongressiga yaqinlashayotgan oraliq saylovlar Donald Tramp ma’muriyatini Venesuela bilan neft bo‘yicha kelishuvni imkon qadar tezroq e’lon qilishga undagan.
Bu haqda The Wall Street Journal manbalariga tayanib xabar berdi.
Nashr suhbatdoshlarining aytishicha, Tramp ma’muriyatida «Eron bilan omma orasida qo‘llab-quvvatlanmayotgan va uzoqqa cho‘zilgan urush jahon energiya resurslari ta’minotiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan bir paytda» Venesuela bilan kelishuvni zudlik bilan jamoatchilikka ma’lum qilish zarur, degan fikr ustun bo‘lgan.
Manbalarga ko‘ra, Kongressga oraliq saylovlar arafasida Tramp uchun «amerikaliklarni Yaqin Sharqdagi beqarorlik oqibatlaridan himoya qila olishini» namoyish etish ham muhim bo‘lgan.
WSJ ma’lumotiga ko‘ra, Venesuela bilan neft kelishuvi bo‘yicha muzokaralar bir necha oy davom etgan. Shu vaqt ichida AQSh rasmiylari Karakasga bir necha bor tashrif buyurgan.