Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK, Eronning elit harbiy kuchi) Bahraynda AQSh havo mudofaasi tizimini yo‘q qildi.
Bu haqda Tasnim axborot agentligi IIQKga tayanib xabar bermoqda.
Xabarga ko‘ra, raketa zarbalari va dron hujumlari Muharraq mintaqasidagi havo mudofaasi tizimi va radarini, shuningdek, Rifah mintaqasidagi Patriot tizimini yo‘q qildi.
Harbiylar hujum "kelajakdagi keng ko‘lamli operasiyalar uchun yo‘l ochish" uchun amalga oshirilganini ta’kidladilar.
Avvalroq AQSh Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) Erondagi nishonlarga qarshi yana bir qator zarbalar boshlanganini e’lon qilgan edi.