Bugun 30 oktyabr, 2026 yil, juma

КИР

Eron AQShning MQM-170 razvedka dronini qo‘lga kiritganini ma’lum qildi

Eron AQShning MQM-170 razvedka dronini qo‘lga kiritganini ma’lum qildi

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) harbiy-dengiz kuchlari Hurmuz bo‘g‘ozining g‘arbiy qismida AQShga tegishli MQM-170 uchuvchisiz uchish apparatini qo‘lga kiritganini ma’lum qildi.

Tasnim agentligining xabar berishicha, Eron radioelektron kurash bo‘linmasi dronni aniqlab, uning boshqaruv tizimini o‘z nazoratiga olgan. Natijada apparatga zarar yetkazmasdan yerga qo‘ndirilgani aytilmoqda.

IIQK bayonotiga ko‘ra, dronning asosiy vazifasi Fors ko‘rfazi sohillari va Hurmuz bo‘g‘ozi bo‘ylab joylashgan Eron havo mudofaasi tizimlarini aniqlash bo‘lgan.

Eron harbiylari apparatdagi ma’lumotlarni o‘rganib, u Fors ko‘rfazining janubiy sohilidagi davlatlardan birining hududidan uchirilganini ham bildirgan.

Hozircha ushbu ma’lumotlar AQSh tomonidan mustaqil tasdiqlangani haqida xabar yo‘q.

Kiritildi: 19:01 29.10.2026. O'qildi: 693 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!