Eron AQShni muzokaralar haqida yolg‘on xabarlar tarqatishda aybladi va Tehronning yetti shartini qabul qilishga chaqirdi.
Bu haqda Eron Oliy milliy xavfsizlik kengashi kotibi Muhsin Rizoiy o‘zining Telegram kanalida yozdi.
«Mavjud bo‘lmagan muzokaralar haqida yolg‘on xabarlar tarqatishni to‘xtating. G‘arbiy Osiyodagi yangi tartibni inkor etishni bas qiling. Eron tomonidan bir necha bor ilgari surilgan yetti shartni qabul qilish vaqti keldi», — deya ta’kidladi u.
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uyda jurnalistlar bilan suhbatda Eron bilan olib borilayotgan muzokaralar mojaroning tugashiga olib kelishi mumkinligini aytgan edi.
«Ular biz bilan gaplashmoqda va juda xushmuomalalik bilan muloqot qilmoqda. Nima bo‘lishini ko‘ramiz. Ammo bularning barchasi yakunlanishi uchun yaxshi imkoniyatlar bor», — degan edi Oq uy ma’muriyati rahbari.