Bugun 3 mart, 2026 yil, seshanba

КИР

Eron AQSh va Isroilga qarshi 12-chi operasiyalar to‘lqinini boshladi

Eron AQSh va Isroilga qarshi 12-chi operasiyalar to‘lqinini boshladi

Eron Yaqin Sharqdagi AQSh va Isroil nishonlariga qarshi "Haqiqiy va’da-4" operasiyasining 12-bosqichini boshladi.

Bu haqd Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) matbuot xizmati e’lon qildi.

"Haqiqiy va’da-4" operasiyasining o‘n birinchi to‘lqini IIQK dengiz va aerokosmik kuchlarining AQSH-Isroil harbiy nishonlariga qarshi birgalikda, keng ko‘lamli va intensiv hujumining bir qismi sifatida amalga oshirildi", deb xabar bergan harbiylar avvalroq.

Harbiylarning ma’lumotlariga ko‘ra, Fors ko‘rfazi mintaqasidagi AQSh harbiy axborot markazlari va omborlari, Isroil harbiylarining Beershebadagi aloqa sanoati kompleksi va Tel-Aviv, G‘arbiy Quddus va Galileya mintaqalaridagi 20 dan ortiq joylar Eronning raketa hujumlari va dron hujumlariga uchragan.

Urush boshlanganidan beri IIQK AQSh va Isroilda 60 ta strategik nishon va 500 ta harbiy inshootga hujum qilib, 700 dan ortiq dron va yuzlab raketalarni uchirgan.

Kiritildi: Bugun 08:50. O'qildi: 879 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!