Xitoy prezidenti Si Szinpin kelasi hafta boshida Shimoliy Koreyaga tashrif buyurishi mumkin.
Bu haqda Janubiy Koreyaning Yonhap axborot agentligi Shimoliy Koreya hukumatining yuqori lavozimli amaldoriga tayanib xabar berdi.
Hukumatning yana bir manbasiga ko‘ra, yaqinda bir guruh Xitoy xavfsizlik va protokol amaldorlari Pxenyanga tashrif buyurishgan. Xitoy rahbarining tashrifi may oyining oxiri yoki iyun oyining boshida bo‘lib o‘tishi mumkin.
Ta’kidlanishicha, o‘tgan hafta AQSh prezidenti Donald Trampni qabul qilgan Si Szinpin Vashington va Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In o‘rtasida vositachilik qilishga urinishi mumkin.