Tehron strategik ahamiyatga ega Hormuz bo‘g‘ozi ustidan nazorat vositalaridan foydalanib, «dengiz qatnovi qoidalarini buzgan» deb topilgan 56 ta neft tankerini qora ro‘yxatga kiritdi.
Eron tomoni cheklovlar ro‘yxatiga kiritilgan kemalar bilan hamkorlikni davom ettirgan xalqaro kompaniyalar va kontragentlar ham ikkilamchi sanksiyalarga duch kelishini ma’lum qildi.
Tehronning bu qarori AQShning Eronga nisbatan iqtisodiy bosimni kuchaytirishi, Eron tankerlariga zarbalar berishi va uning hamkorlariga qarshi sanksiyalar joriy qilishi ortidan qabul qilindi.
Eron sanksiyalari xalqaro dengiz qatnoviga bosimni kuchaytirishi mumkin. Shu bilan birga, Tehronning tankerlardan Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tish uchun to‘lov talab qilishi va talablarga bo‘ysunmagan kemalarga qarshi choralar ko‘rishi haqida xavotirlar bildirilmoqda.