Eron va AQSh o‘rtasida uranni boyitishni to‘xtatish yoki uning darajasini pasaytirish imkoniyati muhokama qilinmayapti.
Bu haqda Tehronda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Eron Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Esmail Baqoiy ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar hali bunday bosqichga yetmagan.
«Yo‘q, hozir biz umuman bunday bosqichda emasmiz. Shu vaqtga qadar yadroviy mavzuga oid tafsilotlarni muhokama qilmayapmiz va muhokama qilmaganmiz», — dedi u.
Baqoiy, shuningdek, Eronga qarshi AQSh yoki boshqa davlatlar tomonidan amalga oshiriladigan har qanday harbiy hujum javobsiz qolmasligini ta’kidladi.