Diplomatning ta’kidlashicha, bu huquq Eron uchun “muhokama qilinmaydigan” asosiy pozisiya hisoblanadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Yadroviy qurollarni tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnoma doirasida Eron hozirgacha xalqaro qoidalarga amal qilib kelmoqda.
Fatalining aytishicha, muzokaralarning yana bir muhim sharti — Eronga nisbatan qo‘llanilgan iqtisodiy sanksiyalarni bekor qilishdir. Uning fikricha, aynan shu ikki masala hal etilmas ekan, to‘liq diplomatik muloqotga qaytish qiyin bo‘ladi.