Bugun 13 mart, 2026 yil, juma

КИР

Eron AQSh bilan bog‘liq barcha neft va gaz infratuzilmasini yo‘q qilmoqchi

Eron AQSh bilan bog‘liq barcha neft va gaz infratuzilmasini yo‘q qilmoqchi

Eronning energetika inshootlariga zarba berilgan taqdirda, Tehron Yaqin Sharqdagi AQSh bilan bog‘liq barcha neft va gaz infratuzilmasini yo‘q qiladi.

Bu haqda Eron Qurolli Kuchlarining Xatam al-Anbia shtab-kvartirasi vakili shunday dedi.

"Biz Eronning energetika infratuzilmasi va portlariga qilingan eng kichik hujum ham bizning halokatli va vayronkor javobimizni keltirib chiqarishi haqida ogohlantiramiz. Bunday zarba berilgan taqdirda, Qo‘shma Shtatlar va uning G‘arb ittifoqchilari manfaatdor bo‘lgan mintaqadagi barcha neft va gaz infratuzilmasi yoqib yuboriladi va vayron qilinadi", deb uning so‘zlarini keltirgan Eron davlat televideniyesi.

Kiritildi: Bugun 10:30. O'qildi: 570 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!