«Manchester Siti» hujumchisi, yulduzli Erling Xoland joriy mavsum yakunlanganidan keyin klubini o‘zgartirishga tayyor. Bu haqda Football365 portali jurnalistlari xabar bermoqda.
Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, norvegiyalik to‘purar Kataloniyaning «Barselona» klubiga o‘tishga rozi. Skandinaviyalik futbolchi «shaharliklar» rahbariyatidan «ko‘k-anorranglilar» hamda boshqa klublardan tushadigan takliflarni ko‘rib chiqishni so‘ragan.
Erling va Angliya top-klubi o‘rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi 2034 yilda nihoyasiga yetadi. Futbolchining bozor qiymati 200 million yevroni tashkil qiladi.
Joriy mavsumda Xoland 37 ta bahsda ishtirok etdi. Norvegiyalik hujumchi o‘z hisobiga 29 ta gol va oltita golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.