Turkiyada so‘nggi kunlarda ba’zi doiralar yig‘ilish va namoyish o‘tkazish huquqini suiiste’mol qilib, ko‘cha voqealarini qo‘zg‘atib, polisiya xodimlariga hujum qilib, fuqarolar xavfsizligini buzish orqali jamoat tartibini buzishga urinishgan.
Bu haqda Turkiya ichki ishlar vaziri Ali Yerlikaya "X" ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozgan.
Unga ko‘ra, 2025 yilning 19-23 mart kunlari bo‘lib o‘tgan noqonuniy namoyishlarda 123 nafar polisiya xodimi jarohatlangan.
Uning qayd etishicha, milisiya xodimlariga hujum qilish, davlat mulkiga zarar yetkazish, fuqarolar xavfsizligiga xavf tug‘dirishda gumon qilingan 1133 nafar shaxs qo‘lga olingan. Hibsga olinganlar orasida 12 xil terror tashkilotiga aloqador shaxslar ham bor.
Erlikaya yana bir bor yurtdoshlarini tartibni saqlashga, ehtiyotkor bo‘lishga va sog‘lom fikrga amal qilishga chaqirdi.