Bugun 30 oktyabr, 2026 yil, juma

КИР

Erdo‘g‘on Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashdi

Erdo‘g‘on Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashdi

Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘on Anqara shahrida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashdi. Ayni paytda Anqarada Turkiy davlatlar tashkilotining (TDT) 13-sammiti bo‘lib o‘tmoqda.

Turkiya Prezidenti ma’muriyatining kommunikasiyalar boshqarmasi xabar berishicha, suhbat davomida Turkiya rahbari TDT o‘z mavqeini yanada mustahkamlashda davom etishiga ishonch bildirgan.

Shuningdek, ikki davlat rahbarlari Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlar, mintaqaviy hamda global masalalarni muhokama qilgan.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Prezidenti Antaliya shahrida bo‘lib o‘tadigan COP31 yetakchilar sammitiga taklif etilgan.

Kiritildi: Bugun 08:15. O'qildi: 379 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!