Bu haqda Politico yozmoqda.
Erdo‘g‘on Anqarada bo‘lib o‘tayotgan NATO sammiti ishtirokchilariga jangovar o‘qlari bo‘lgan maxsus to‘pponchalarni sovg‘a qildi. G‘ayrioddiy diplomatik harakat darhol huquqiy jumboqqa aylandi.
G‘ayrioddiy sovg‘a nafaqat qurol, balki jangovar patronlarni ham o‘z ichiga olgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, gap 1990 yillarda ishlab chiqarilgan noyob turk to‘pponchasi - Gumusay .357 Magnum modeli haqida bormoqda.
Britaniya bosh vaziri Kir Starmer to‘pponchalarga har bir rahbarning ismi yozilganini va o‘q-dorilar qutisi bilan birga berilganini aytdi. U sovg‘ani Turkiyada qoldirishga majbur bo‘lgani, chunki Erdo‘g‘onning qurol-yarog‘ eksporti nazoratini bekor qilish to‘g‘risidagi xatiga qaramay, uni Britaniyaga olib kirish noqonuniy ekanini ta’kidladi.
Niderlandiya bosh vaziri ham qurolni Turkiyada qoldirdi. Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen esa sovg‘a qiymatiga qo‘yilgan chegara sabab uni o‘zida saqlay olmasligini aytdi.