Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Anqarada o‘tayotgan NATO davlat va hukumat rahbarlarining 36-sammiti doirasidagi Shimoliy Atlantika Kengashi yig‘ilishida Turkiya zarurat tug‘ilsa, armiyasi imkoniyatlarini NATO ixtiyoriga taqdim etishga tayyorligini bildirdi.
Erdo‘g‘anning ta’kidlashicha, mamlakatning eng katta yutug‘i mudofaa sanoatida erishilgan ulkan taraqqiyot bo‘ldi.
«Shubhasiz, mamlakatimizning eng katta muvaffaqiyati mudofaa sanoatidagi yuksalishdir. Ishlab chiqarish va eksport hajmi bo‘yicha dunyoning yetakchi o‘nta davlati qatoriga kirdik», — dedi Turkiya rahbari.