Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on islom davlatlarini iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga chaqirdi.
Bu haqda u Istanbulda bo‘lib o‘tgan Ikkinchi Jahon Islom iqtisodiy sammitidagi nutqida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Haberturk nashri.
"Islom dunyosi sifatida biz o‘zaro savdo, sarmoya, moliya va hamkorlik imkoniyatlarini maksimal darajada oshirishimiz kerak. O‘tkazilgan va bo‘lib o‘tadigan muhokamalar juda foydali bo‘lishiga ishonaman”, dedi Turkiya rahbari.