Bugun 3 mart, 2026 yil, seshanba

КИР

AQSh va Ukraina kun oxirigacha kelishuvga erishmoqchi

AQSh va Ukraina kun oxirigacha kelishuvga erishmoqchi

AQSh va Ukraina kun oxirigacha “bizni tinchlikka yaqinlashtiradigan kelishuv”ga erishishi mumkin. Bu haqda Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi ma’lum qildi.

Shu bilan birga, Rustem Umerov Berlindagi muzokaralarni "konstruktiv va samarali" deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, "real taraqqiyotga erishilgan".

"Biz kun oxirigacha bizni tinchlikka yaqinlashtiradigan kelishuvga erishamiz, degan umiddamiz", — deya qo‘shimcha qildi Umerov.

Umerov, shuningdek, Stiv Uitkoff va Jared Kushner boshchiligidagi AQSh delegasiyasi Ukrainaga uzoq muddatli tinchlik kelishuviga eltuvchi yo‘lni topishda yordam berish uchun nihoyatda samarali ish olib borayotganini ta’kidladi.

Kiritildi: 22:54 15.12.2025. O'qildi: 1453 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!