Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Al Saud Ispaniyaning "Barselona" futbol klubini sotib olishni ko‘rib chiqmoqda.
Bu haqda El Chiringuito jurnalisti Fransua Galyardo X (sobiq Twitter) sahifasida ma’lum qilgan.
Manbaga ko‘ra, Muhammad ibn Salmon yaqin vaqt ichida klubni sotib olish bo‘yicha rasmiy taklif bilan chiqishni rejalashtirmoqda. Ehtimoliy kelishuv qiymati 10 milliard yevroga baholanmoqda. Biroq Galyardoning ta’kidlashicha, bitimga klub a’zolari, ya’ni prezident saylovlarida va boshqaruv masalalarida ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar qarshilik ko‘rsatishi mumkin.
Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, "Barselona"ning qarzi hozirda 2,5 milliard yevrodan oshadi.
Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, Ispaniya klubi taxminan 5,6 milliard dollarga baholangan bo‘lib, u dunyodagi eng qimmat beshta futbol jamoalari qatoriga kiritilgan.