Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Ulkan xiyonat: Futbol muxlislari JCH-2026 chiptalari narxlaridan norozi

Ulkan xiyonat: Futbol muxlislari JCH-2026 chiptalari narxlaridan norozi

Ular FIFA'ni chipta sotish siyosatini qayta ko‘rib chiqishga chaqirmoqda, deb yozmoqda Euronews.

11 dekabr kuni 2026 yilgi jahon chempionati chiptalari narxi ma’lum bo‘lgach, futbol muxlislari FIFA'ni “ulkan xiyonat”da aybladi. FIFA milliy assosiasiyalarga o‘z jamoasi ishtirokidagi o‘yinlar uchun chiptalarning 8 foizini “eng sodiq muxlislarga” sotish uchun ajratadi.

Germaniya Futbol federasiyasi tomonidan e’lon qilingan ro‘yxatda guruh bosqichining turli o‘yinlariga chiptalar narxi 180 dollardan 700 dollargacha belgilangan. Final chiptasining eng arzon narxi 4185 dollarni, eng qimmat narxi esa 8680 dollarni tashkil etadi.

Sentyabr oyida FIFA saytida sotiladigan chiptalar narxi guruh bosqichi o‘yinlari uchun 60 dollardan final uchun 6730 dollargacha bo‘lishi ma’lum qilingan edi. Ammo bu narxlar o‘zgarishi mumkin, chunki futbol bo‘yicha jahon chempionatida birinchi marta dinamik narxlar (talabga qarab) qo‘llanadi.

Football Supporters Europe (FSE) muxlislar tashkiloti hozirgi narxlarni "tovlamachilik" deb atadi. FSE FIFA'ni "Jahon chempionatining an’analari, universalligi va madaniy ahamiyatini hurmat qiladigan yechim topilmaguncha" milliy assosiasiyalar orqali chipta sotishni zudlik bilan to‘xtatishga chaqirdi.

2026 yilgi jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulgacha AQSH, Kanada va Meksikada o‘tkaziladi. Bu safargi turnirda ilk bor 48 jamoa ishtirok etadi.

Kiritildi: 21:26 12.12.2025. O'qildi: 2039 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!