Bugun 28 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Erda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Erda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Quyoshdagi koronal teshigi tufayli 29-30 oktyabr kunlari Yerda geomagnit anomaliyalarning yangi to‘lqini paydo bo‘lishi mumkin. Biroq hozircha magnit bo‘ronlari yuzaga kelish ehtimoli past deb baholanmoqda, deb xabar beradi BELTA.

Bu haqda Rossiya Fanlar akademiyasining Kosmik tadqiqotlar instituti hamda Sibir bo‘limi Quyosh-Er fizikasi instituti huzuridagi Quyosh astronomiyasi laboratoriyasi ma’lum qildi

“Hisob-kitoblarga ko‘ra, 28 oktyabr, chorshanba kunidan boshlab Yer navbatdagi koronal teshik ta’sir doirasiga kiradi. Shu munosabat bilan payshanba va juma kunlari geomagnit o‘zgarishlarning yangi to‘lqini kutilmoqda. Biroq hozircha magnit bo‘roni darajasiga yetish ehtimoli past deb baholanmoqda”, — deyiladi xabarda.

Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, Quyosh shamolining tezligi soniyasiga 600 kilometrgacha yetishi mumkin. Bu odatiy ko‘rsatkichdan taxminan 50 foizga yuqori. Biroq bunday tezlik, odatda, xavfli, ya’ni qizil hududga o‘tish uchun yetarli emas.

Kiritildi: Bugun 03:00. O'qildi: 516 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!