AQSh Adliya vazirligi “Epshteyn ishi”ga doir fayllardagi Trampning o‘chirilgan suratini qayta joyladi, deb xabar bermoqda The Insider.
"Vazirlik ko‘plab voyaga yetmaganlarni jinsiy ekspluatasiya qilishda ayblangan, marhum milliarder Jeffri Epshteynga tegishli arxivdan olingan va AQSh prezidenti Donald Tramp aks etgan fotosuratni o‘z saytiga qayta joyladi. Ushbu rasm juma kuni e’lon qilingan, ammo oradan ko‘p o‘tmay olib tashlangandi. AQSh Kongressidagi demokratlar Adliya vazirligining bu harakatini keskin tanqid qilgan edi", deya yozadi nashr.
Ushbu fotosuratda Epshteynning stolida turgan Trampning ikki surati mavjud tasvirlangan: birida u ayollar guruhi bilan, ikkinchisida esa rafiqasi Melaniya, Jeffri Epshteyn va uning sherigi Jisleyn Maksuyell bilan birga tushgan.
AQSh Adliya vazirligi X ijtimoiy tarmog‘ida suratning o‘chirilishini Nyu-York janubiy okrugi sudi qarori bilan izohladi, sud Epshteynning qurbonlarini himoya qilish maqsadida tasvirni qo‘shimcha ko‘rib chiqishni belgilagan. Xabarga ko‘ra, vazirlik “ehtiyot chorasi sifatida” fotosuratni tekshiruv uchun vaqtincha olib tashlagan. Tekshiruv yakunida suratda Epshteynning qurbonlari tasvirlanganini tasdiqlovchi hech qanday dalil yo‘qligi aniqlangan va tasvir hech qanday o‘zgartirish yoki tahrirlarsiz yana qayta e’lon qilingan.